Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida ishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali xodimasi Z.K. fuqaro A.A. ni ushbu filialga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 32 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Q. fuqaro U.Q. ni tanishlari yordamida Qarshi tuman markaziy poliklinikasiga ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 1 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.