Toshkentda mashina kanalga tushib ketdi

Haydovchi va yo‘lovchilar avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan

Toshkentda kanalga tushib ketgan avtomashina FVV qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Mirobod tumani A.Fitrat ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Qorasuv” kanaliga 17-mart kuni soat 19:40 da Lacetti tushib ketgan.

Maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.

Ma‘lum bo‘lishicha haydovchining ehtiyotsizligi natijasida avtomobil kanalga tushib ketgan. Avtomobilda haydovchi bilan birga 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Haydovchi va yo‘lovchilar avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling