Qoraqalpog‘istonda qariyb 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi “Q.M.” MCHJ mansabdor shaxslari avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining o‘lchov qurilmalariga tashqi taʼsir ko‘rsatgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Oqibatda 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (O‘g‘irlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi taʼminlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling