Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani, “Ibn Sino” MFY, Maktab ko‘chasida joylashgan uylarning biri hovlisidagi chuqurligi 40 metr bo‘lgan, hozirda foydalanishda bo‘lmagan quduqqa 16-may kuni soat 11:00 da uy egasining 7 yoshli o‘g‘li tushib ketgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qutqaruvchilar tomonidan bola quduqdan sog‘-salomat chiqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.