Aprel oyida internetda O‘zbekiston fuqarolarini haqoratlagan shaxs ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining hukmi bilan V. D. (1999-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi va 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga nisbatan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tattirilish belgilandi.