Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Jizzaxda viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi vakili firibgarlikda gumonlanmoqda

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi, deb xabar berdi DXX.

Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining shahar bo‘limi nazoratchisi taʼlim va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan ikkita MCHJ faoliyatida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi va jarimalarni o‘zining tanishlari yordamida kamaytirib berish evaziga 500 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u “xolis xizmatni” 2025-yilning iyunigacha soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan tanishi orqali hal qilib berishi kerakligi aniqlanib, mazkur shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling