Qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi

Ayrim turdagi xomashyo tovarlari va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga nisbatan eksport bojxona bojlari joriy etiladi

Prezidentning “Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, eksport tartib-taomillari Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtiriladi.

2025-yil 1-iyuldan ayrim turdagi xomashyo tovarlari va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga nisbatan eksport bojxona bojlari joriy etiladi.

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya joriy qilinayotgan eksport bojxona bojlari samarasi bo‘yicha har chorakda tahlillar olib boradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling