Samarqand viloyatida 1,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan xususiy korxona fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qoʻshrabot tumanida joylashgan “R.U.S.” xususiy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish majmuasida gaz hisoblagichisiz yer osti yoʻli orqali toʻgʻridan-toʻgʻri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 443 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.