Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
21-aprel kuni voyaga yetmagan fuqaro Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi va o‘sha yerning o‘zida “Inson” markazi tomonidan unga vasiy etib tayinlangan yaqin qarindoshiga topshirildi.
Mazkur holatda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatadi, bolani jamiyatga moslashtirish va psixologik reabilitatsiyaga yo‘naltirilgan xizmatlar bilan taʼminlaydi.