Click‘ning 49 foiz aksiyasi Qozog‘istonning Halyk Banki‘ga sotildi

Halyk Bank Clickning 49 foizi uchun 176,4 mln dollar to‘laydi

Qozog‘istonning Halyk Banki O‘zbekistondagi Click kompaniyasi aksiyalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 

Halyk Click aksiyalarining 49 foizini sotib oladi, shuningdek, o‘zining to‘liq nazoratidagi O‘zbekiston sho‘ba korxonasi Tenge Bank aksiyalarining 49 foizini Click aksiyadorlariga sotadi.

Kelishuvga binoan, Halyk Bank Clickning 49 foizi uchun 176,4 mln dollar to‘laydi, Click aksiyadorlari esa Tenge Bank‘ning 49 foizi uchun 60,76 mln dollar to‘laydi.

Tomonlar Click ilovasi foydalanuvchilar uchun odatiy formatda ishlashda davom etishini, Tenge Bank esa chakana va korporativ bank mahsulotlarini yana-da rivojlantirishini ta‘kidladilar:

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling