Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Surxondaryo va Buxoroda fuqarolar paxta terimiga majburlayotgani aytilmoqda

Holatlar zudlik bilan o‘rganiladi hamda masʼullarning faoliyatiga huquqiy baho beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida hokim o‘rinbosari mahalla faollarini paxta terimiga majburlayotgani, shuningdek, Buxoro viloyatida kutubxonachilar terimga chiqishga majburlanayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Senat matbuot xizmati holat bo‘yichai izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, ushbu masalalar Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan nazoratga olingan. 

Holatlar zudlik bilan o‘rganiladi hamda masʼullarning faoliyatiga huquqiy baho beriladi. 

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling