O‘zbekiston bo‘yicha 14-16-mart kunlari iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 25 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, kunduz kunlari 19-22 daraja iliq bo‘ladi.