O‘zbekiston hududi bo‘yicha 17-20-mart kunlari quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati asosan kechalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-25 daraja iliq, ba‘zi joylarda 27-30 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechalari 9-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-27 daraja iliq bo‘ladi.