Toshkent metrosining yer usti yo‘nalishidagi ayrim bekatlarda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Bunga rejali profilaktik ishlarning keyingi navbatini amalga oshirish sabab bo‘ladi

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishi, Texnopark – Qipchoq bekatlari oralig‘ida 3 oy davomida mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Rejali profilaktik ishlarning keyingi navbatini amalga oshirish uchun 28-iyundan boshlab, Quruvchilar (12-bekat) - Yangiobod (6-bekat) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. 

Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling