Farg‘ona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan isteʼmolchilar aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Quva tumani “Yangi hayot” MFYda joylashgan oilaviy shifokorlik punktida bir martalik tamg‘ani qasddan buzib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan.
Mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 231 million 198 ming so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, Qo‘qon shahar “Taraqqiyot” MFYda istiqomat qiluvchi S. U. o‘z xonadonidagi korxonada gaz tarmog‘iga tegishli hujjatlarsiz, hisoblagichdan tashqari ulanib, tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 760 million 317 ming so‘mlik zarar hisoblandi.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.