Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Quva tumanidagi “Q.A.A” MCHJ rahbari X.R. jamiyatga qarashli muzlatgich omborini elektr tarmogʻiga noqonuniy ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri ulagan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 3,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling