Fargʻonada Qizil kitobga kiritilgan burgutni sotmoqchi boʻlgan shaxs jarimaga tortildi

Burgut vaqtincha saqlash uchun viloyat hayvonot bogʻiga joylashtirildi

Fargʻona viloyatining Quva tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro I. N. tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 1 dona yirtqich burgut Telegram orqali noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, burgut ashyoviy dalil sifatida fuqarodan olib qoʻyildi hamda vaqtincha saqlash uchun viloyat hayvonot bogʻiga joylashtirildi.

Shuningdek, fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning 5 baravari — 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling