Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisiga yangi o‘rinbosar saylandi

Ushbu vazifada ishlab kelgan R.Saparbayev lavozimidan ozod etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi 10-sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi

Sessiyaning kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala, yaʼni Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Ushbu vazifada ishlab kelgan R.Saparbayev lavozimidan ozod etildi.

Mazkur lavozimga Jo‘qorg‘i Kengesga deputat Radjapbay Nurazizov nomzodi taklif etildi.

Taklif etilgan nomzod deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi va qo‘llab-quvvatlandi.

R.Nurazizov shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling