Prezident “Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Unga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart – dushanba kuniga koʻchiriladi.