Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Fuqarolarni xorijga ishga yuborish bo‘yicha reklama joylashtirgan ikki bloger ishi sudga oshirildi

Xususiy bandlik agentliklarining xorijda ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlari ularda litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda taqdim etilishi lozim.

Raqobat qo‘mitasi xorijga viza olish va ishga jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi MCHJni reklama qilgan bloger O.Jo‘rayev va A.Abduraxmonovlarni aniqladi

Ular tomonidan “ADWORLD GROUP” MCHJ fuqarolarga konsalting xizmatlari emas, aynan xorijga ishlash uchun yuborish bilan shug‘ullanayotganligi reklama qilingani aniqlandi.

“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, xususiy bandlik agentliklarining xorijda ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlari ularda litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda taqdim etilishi belgilangan. 

Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunda ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilish taqiqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan blogerlar O.Jo‘rayev va A.Abduraxmonovlarga nisbatan qonun buzilish holati bo‘yicha maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling