Ravshan Usmanov O‘zbekiston Irlandiyadagi elchisi etib tayinladi

Elchi mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshlig‘iga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Ravshan Usmanov O‘zbekistonning Irlandiyadagi (qarorgohi London shahrida joylashgan) favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi

Elchi mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshlig‘i Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Irlandiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.

Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligi, IKT, farmatsevtika hamda qayta tiklanuvchi energiya sohalarini istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Uchrashuv so‘nggida Irlandiya tomoni O‘zbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish yo‘lidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling