Repost.uz va “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Tahririyat va markaz aholining huquqiy savodxonligi oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga oid materiallar tayyorlashga kelishdi.

Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Repost.uz internet-nashri o‘rtasida huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endi markaz mutaxassislari tomonidan tayyorlangan huquqiy dasturlar, maqolalar va yangi qonunlar tahlili Repost.uz saytida muntazam eʼlon qilinib boriladi. Maqsad – fuqarolarga qonunlar qanday ishlashini va ularda nima o‘zgarishlar bo‘layotganini sodda tilda tushuntirish.

Tahririyat va markaz huquqiy axborot almashish hamda fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlari haqidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan sodda va tushunarli materiallar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling