Farg‘onada 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ombor aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Rishton tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “muzlatkich” ombori aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, “T.V.” MCHJ rahbari S.M. “Bog‘iston” MFY hududidagi “Muzlatkich” omborida hisoblagichga tashqi taʼsir o‘tkazgan holda elektrdan tijorat maqsadida foydalanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling