Senat Kengashi Robaxon Mahmudovani O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Senat Kengashining majlisida prezident tomonidan Oliy sud raisi lavozimiga kiritilgan nomzod ko‘rib chiqildi.
Masala muhokamasi yakunida Kengashning Robaxon Mahmudovani sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga va Oliy sud raisi lavozimiga besh yil muddatga saylash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.