Buxoro viloyatining Romitan tumani, “Decha” MFYda fuqaro N.H. ga qarashli quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosi elektr hisoblagichining ulanish sxemasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 1 milliard 406 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.