Saudiya Arabistonining “An Nasr” klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub 40 yoshli futbolchi bilan 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomani imzolagan. Futbolchining maoshi ham oshirilgan.
Maʼlumot uchun, o‘tgan mavsumda Ronaldu barcha musobaqalarda 35 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.