Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

O‘zbekiston TIV Rossiyaga o‘zbekistonlik erkakni haqoratlagan shaxs bo‘yicha nota yubordi

Rasmiy nota mazkur videodagi shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida yuborilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvada erkak o‘zbekistonlik migrantni haqorat qilgani yuzasidan Rossiya TIVga nota yubordi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Ahror Burhonov ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, rasmiy nota mazkur videodagi shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida yuborilgan.

“Agar huquq va erkinliklaringiz, qonuniy manfaatlaringiz yoki sha‘ningiz xorijda buzilsa, darhol o‘sha mamlakatning vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, shuningdek, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, dedi vazirlik matbuot kotibi.

Burhonovning bildirishicha, TIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma‘lumotlarni muntazam ravishda kuzatib boradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling