Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi

Ikki mamlakat mudofaa idoralari hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Rossiya mudofaa idorasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya prezidentining 2024-yil may oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Qabul qilingan dasturiy va reja hujjatlariga muvofiq ikki mamlakat mudofaa idoralari hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling