Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 3-yanvar kuni Do‘stovga berilgan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosini 8 sutkagacha qisqartirdi va ushbu muddat o‘tab bo‘lingani uchun u sud zalida ozod etildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Gʻayrat Do‘stov 23-dekabrda Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Oltintopgan ko‘chasi, 2-uyda joylashgan “Morotrans” MCHJga qarashli gaz quyish shoxobchasida navbat kutib, navbati yaqin qolganda shoxobcha yopilganidan norozi bo‘lgan va shu vaqtda aytgan gaplari internetda tarqalgan edi.
Shundan keyin u 25-dekabr kuni qo‘lga olinib, 26-dekabrda Bektemir tuman sudi tomonidan mayda bezorilik moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.
Do‘stovning 3-yanvar kungi apellyasiya sudida aytishicha, u dastlabki sud qaroridan keyin “Panelniy”da faqat 1 kecha saqlangan, keyin poytaxt IIBBga olib borilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling