Buxoro viloyatining Kogon tumani, “O‘ba cho‘li” MFYda joylashgan “N.P.” MCHJga qarashli benzin zapravkada neft mahsulotlarini sotuvga chiqarilishi bo‘yicha noqonuniy holat aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Xususan, shoxobcha ish faoliyatida bo‘lmasa ham, “Buxoro neft bazasi” MChJdan jami 430,7 tonna (3,7 mlrd so‘mlik) AI-80 markali avtobenzinni shoxobcha sig‘imlariga tushirilmasdan, avtotsisterna orqali ulgurji sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.