Keyingi kunlarda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massalari chekinishda davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati asta sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi havo 10-12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 14-17 darajagacha, janubda 18-20 darajagacha isiydi.
Kechalari ham havo harorati ko‘tariladi, hududning katta qismida harorat iliq bo‘ladi. Kuchsiz sovuq kechasi va ertalab asosan faqat respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida saqlanib turadi.
Toshkentda bugun va dam olish kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi.
Havo harorati 7-noyabrda 10-12 daraja iliq bo‘ladi, 8-9-noyabrda 14-16 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 1-3 daraja iliq bo‘ladi.