Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Oktyabrning ilk kunlarida O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi – O‘zgidromet

Hafta davomida shamolli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

O‘zbekistonga 1–2-oktabr kunlari salqin va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduz kunlari 18–21 darajagacha, kechalari 8–13 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 13–16 darajagacha, kechalari 4–7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Hafta davomida shamolli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida chang-to‘zon ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling