O‘zbekiston hududiga bugun kunduzi salqin va nam havo kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi. Ba‘zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 28-31 daraja, janubda 35-38 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbeiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi va harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda. Kunduzi harorati 31-34 darajagacha isiydi.
Toshkentda bugun kunduzi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat 28-30 daraja bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 31-34 daraja bo‘ladi.