Ish haftasi davomida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Havo harorati asta-sekin pasayadi

Bugun Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ertaga 15-aprel kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi.Ushbu kunlarda havo harorati 24-29 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 32-37 darajagacha boʻladi.

16-aprelda respublikaning ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 17-18-aprel kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.

Havo harorati asta-sekin pasayadi, respublika hududining katta qismida 16-aprelda 20-25 daraja, 17-aprelda 18-23 daraja, 18-aprelda 16-21 daraja boʻladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi,

17-18-aprel kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. 14-18-aprel kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 25-28 daraja boʻladi. 16-aprelda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat 23-25 daraja boʻladi.

17-18-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Harorat asta-sekin 17-20 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling