Dam olish kunlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Harorat asosan 30-35 daraja bo‘ladi

O‘zbekiston hududiga 8-may kuni nisbatan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba‘zi joylarda, kunning ikkinchi yarmida esa markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Kunduzgi havo harorati kechagi kunga nisbatan 3-4 darajaga past, 32-35 daraja, shimolda 25-28 daraja atrofida bo‘ladi. 9-may kuni harorat pasayishi davom etadi, kunduz kunlari harorat 27-30 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 32-35 daraja atrofida bo‘ladi.

Kechasi va ertalab markaziy viloyatlarda, kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

10-11-may kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 30-35 daraja bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 8-11-may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9-mayda ayrim tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

8-11-mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 8-may kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 31-33 daraja bo‘ladi. 8-mayda kechga tomon, shuningdek, 9-mayda kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

10-11-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 9-mayda 28-30 daraja, 10-11 mayda 31-33 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling