Samarqand shahridagi 5-maktabning 10-sinf o‘quvchisi uyda turgan Spark avtomashinasini so‘roqsiz minib chiqib ketgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
U shaharning Sadriddin Ayniy ko‘chasida piyodani urib yuborgan.
Oqibatda 51 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.