Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha Afrosiyob elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qatnovlar 1 va 2-oktyabr kunlari, shuningdek, 3-oktyabrdan haftasiga uch marta - juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli “Samarqand - Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 10:55 — Toshkent 13:10
- 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:56 — Samarqand 16:09