Samarqandda 18 sotix yerni 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, Samarqand tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “N.N.” fermer xo‘jaligi rahbari N.N. fuqaro M.A.ga “Badal” MFY hududidagi 18 sotix yerni 25 ming dollarga sotishga kelishgan.

U shundan 8 ming dollarni bo‘nak sifatida qo‘lga kiritib, 17 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling