Samarqanddagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q

Samarqand shahri, Shoxruh Mirzo ko‘chasida joylashgan kutubxonada 14-mart kuni soat 22:50 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea  joyiga  soat 22:57 da yetib borib, soat 23:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning shift va tom qismi qisman yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi anqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling