Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan shaharga kirish yopiladi

Shuningdek, 1-5-aprel kunlari ayrim oliygohlarga qisqa taʼtil beriladi

Samarqand shahrida 3−4−5-aprel kunlari “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti oʻtkaziladi.

Viloyat YHXBning xabar berishicha, sammit oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqandga kirish yopiladi. 

Qayd etilishicha, shaharning ayrim koʻchalarida ham harakatlanish vaqti-vaqti bilan cheklanadi, ular oʻrniga aylanma harakat tashkil etiladi.

Shuningdek, 1-5-aprel kunlari ayrim oliygohlarga qisqa taʼtil beriladi. SamDU, SamDCHTI, SamISI, “Ipak yoʻli” Xalqaro universiteti, TATU Samarqand filiali, SamDTU, Oʻzbek-Finlandiya pedagogika institutida oʻquv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling