Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga bordi

Bugun davlat rahbari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Samarqand shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun davlat rahbari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan mamlakatimizga keladi.

Yetakchilar muzokaralar o‘tkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling