Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Samarqand shahar, “Al-Xorazmiy” MFY hududidan o‘tgan “Nodirabegim” va “Cho‘lpon” ko‘chalari kesishmasida 15-noyabr kuni soat 14:05 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Haydovchi Damas-2‘ni boshqarib kelib, chap tomonga ikkinchi darajali yo‘lga burilish vaqtida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Onix‘ni o‘tkazib yubormasdan yo‘lga chiqib ketib, to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda Damas-2‘ning ikki nafar yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan. 

Shuningdek, yo‘lovchilardan biri ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling