Samarqand shahrida korxona 3 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar berdi “Hududgaztaʼminot” AJ.
Maʼlum qilinishicha, shaharning “Farhod” qo‘rg‘onida joylashgan “G. F. E.” MJCHga qarashli korxonada isteʼmolchi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi hamda 3 milliard 84 million so‘mlik zarar hisoblandi.
Mazkur noqonuniy holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.