Rossiyada qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekistondan kelgan ishchi guruh bilan hamkorlikda bolalarni Vatanga qaytarish bo‘yicha barcha kerakli hujjatlarni to‘plandi.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va bolalar uchun Tranzit ijtimoiy boshpanasiga joylashtirilgan.

O‘zbekistondan kelgan ishchi guruh bilan hamkorlikda bolalarni Vatanga qaytarish bo‘yicha barcha kerakli hujjatlarni to‘plandi. 

Bosh konsulxona bolalarga repatriatsiya sertifikatlarini bepul taqdim etdi.

Bolalar mutasaddilar hamrohligida Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling