Saudiya Arabistonidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlaridan birida bo‘lgan fuqaro N.H. O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
N.H. 25-iyun kuni Bahrayndan turistik viza asosida Ar-Riyoz shahriga kelgan va 8-iyul kuni “Al-Masif” departamenti tomonidan qo‘lga olingan.
Markaz rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida yurtdoshimizni O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shundan so‘ng, fuqaroning xorijga chiqish pasporti yo‘qolganligi sababli unga elchixona tomonidan O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.
N.H.ning O‘zbekistonga qaytishi uchun barcha aviachipta xarajatlari Saudiya Arabistoni tomonidan qoplandi.