Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 4,5 mln nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln nafarga yoki 35,8 foizga oshgan.
9 oyda turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
Qirgʻiz Respublikasi – 2,1 mln nafar;
Tojikiston – 895,1 ming nafar;
Qozogʻiston – 719,9 ming nafar;
Rossiya – 222,9 ming nafar;
Turkiya – 180,9 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 121,9 ming nafar;
BAA – 90,3 ming nafar;
Misr – 32,1 ming nafar;
Quvayt – 20 ming nafar;
Janubiy Koreya – 17,5 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 128,2 ming nafar.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling