Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yil sentyabr oyi uchun bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlarini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 99 800 so‘mga tushadi. Andijon viloyatida esa 107 200 so‘mni tashkil etsa, Buxoro viloyatida ushbu ko‘rsatkich 110 100 so‘m.
Bundan tashqari:
- Jizzax viloyati – 111 600 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 113 600 so‘m
- Navoiy viloyati – 111 100 so‘m
- Namangan viloyati – 110 800 so‘m
- Samarqand viloyati – 114 700 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 113 400 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 107 000 so‘m
- Toshkent viloyati – 115 200 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 117 000 so‘m
- Xorazm viloyati – 108 300 so‘m
- Toshkent shahri – 119 300 so‘m
Bunda bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar ro‘yxati ham ko‘rsatilgan. Xususan:
- kungaboqar yog‘i – 0,3 l
- piyoz – 300 gr
- mol go‘shti – 700 gr
- sabzi – 1 kg
- guruch – 1 kg
- no‘xat – 100 gr
- zira – 10 gr
- osh tuzi – 20 gr
Ushbu raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligi aytildi. Taʼkidlanishicha, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.