Sentyabrda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish natijasida 80 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Sentyabrda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 219 ta holat aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Unga ko‘ra, 33,6 mln kVt soat elektr energiyasi (52 mlrd so‘m) va 9,4 mln metr kub tabiiy gaz (28,3 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabgi hisob-kitoblarga ko‘ra jami 80 mlrd 473 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Shuningdek, iste‘molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 546 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi. 

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling