Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Sentyabr oyining ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Birinchi o‘n kunligida asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Kechalari va erta tongda 15-20 daraja bo‘lgan haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 35 darajagacha, ayrim kunlarda 37 darajagacha isitadi.

Keyinchalik sentabr oyining oxirigacha harorat kechalari 15-20 dan 8-13 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 dan 20-25 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Sentabr oyida o‘rtacha oylik harorat me‘yor atrofida, ba‘zi joylarda me‘yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlarda (1-2 kun) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling