Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 28-31-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yana-da rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Mashinasozlik, agrosanoat, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, turizm va boshqa muhim yo‘nalishlarda sheriklikni mustahkamlash masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta‘lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling